Bugun Toshkentning to‘rt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun Toshkentning to‘rt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning to‘rt tumani hududida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagi hududlarga 18 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:

Yunusobod tumani

  • aholi iste’molchilari —“Turkqo‘rg‘on” MFYdagi 140 ta yerli xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 12 ta.

Olmazor tumani

  • aholi iste’molchilari — “Taxtapul” dahasida ko‘p qavatli uylaridagi 1210 ta xonadon;
  • “Chilto‘g‘on” MFY — 180 ta yerli xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 11 ta.

Shayxontohur tumani

  • aholi iste’molchilari — “Taxtapul” MFYdagi 110 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 320 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 8 ta.

Mirzo Ulug‘bek tumani

  • aholi iste’molchilari — Pilla ko‘chasidagi 54 ta yerli xonadon.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. “Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!