Bugun futzalchilarimiz ham Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi

Bugun futzalchilarimiz ham Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi

Bugun, 17 aprel kuni Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi doirasida guruh bosqichining birinchi turi start oladi. Mazkur musobaqada Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi milliy jamoamiz «B» guruhida Avstraliya, Saudiya Arabistoni va Iroq terma jamoalari bilan raqobatlashadi.

Ushbu bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Ravshan Eliboyev, Abbos Elmurodov, Fazliddin Botirov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Sunnat Jo‘rayev, Ilhom Hamroyev, Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Abror Axmetzyanov, Mehroj Xudoyberdiyev, Samariddin Berkinov kabi futzalchilar bilan ishtirok etadi.

Bugun futzalchilarimiz ham Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi

Terma jamoamiz bugun o‘tadigan ilk o‘yinda Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 14:00 da «Bangkok Arena»da bo‘lib o‘tadi va unda jamoamiz to‘liq oq libosda harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futzal terma jamoasining guruhdagi ikkinchi o‘yini 19 aprel kuni Iroq termasiga qarshi o‘tsa, ushbu bosqichdagi so‘nggi uchrashuv 21 aprel kuni Saudiya Arabistoni bilan tashkil etiladi.

Bugun futzalchilarimiz ham Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi

Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, agarda futzalchilarimiz birinchi o‘rinni egallasa, chorak finalda «A» guruhining ikkinchi o‘rin sohibiga qarshi to‘p tepadi. Agarda ikkinchi o‘rinni egallab, 1/4 finalga yo‘l olsa «A» guruhi peshqadami bilan kuch sinashadi.

Osiyo kubogining chorak final bahslari 24 aprel, yarim final o‘yinlari 26 aprel, final va uchinchi o‘rin uchun bahslar 28 aprel kuni o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!