Bugun Yerda qudratli hodisa kuzatiladi: qanday himoyalanish kerak?

Bugun Yerda qudratli hodisa kuzatiladi: qanday himoyalanish kerak?

Mana 15 iyul kuni Quyoshdagi energiya Yerga yangi magnit bo‘roni bilan uriladi. U bu oyning eng kuchli va oxirgi 10 yil ichida eng qudratli magnit bo‘roni bo‘ladi. Bu haqda vesti.uz xabar bermoqda.

Hatto sog‘lom odam ham bosh og‘rig‘iga, charchashga, yengil kasallikka duch kelishi mumkin. Shifokorlarning ogohlantirishiga qaraganda, zaif va kasallikka chalingan kishilarni bezovtalanish, befarqlik, kuchsizlik, ko‘p uxlash yoki uyqusizlik kutmoqda. Magnit bo‘ronda yurak xurujlari, insult, yurak urishi kasalliklari avj oladi.

Xo‘sh, magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak? Maslahat juda oddiy.

Ertalab qon aylanishi uchun yengil jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini bajarish kerak. So‘ngra dush qabul qilsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Yog‘li, sho‘r va o‘tkir tuzlangan taomlarni iste’mol qilmagan ma’qul. Spirtli ichimliklar va qahva o‘rniga tinchlantiruvchi choy ichishni maslahat beramiz. Uzoq yo‘lga otlanishni ham keyinroqqa qoldirgan ma’qul.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!