Bugun aholi orasida qancha odamda koronavirus aniqlandi?

Bugun aholi orasida qancha odamda koronavirus aniqlandi?

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 87 nafar bemorning 62 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida, 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
 
Afsuski, aholi orasida kasallanish holati 4 iyun kuni 13 nafar, 5 iyun kuni 17 nafar bo‘lgan bo‘lsa, bugun 20 nafarni tashkil etib, so‘nggi uch kun ichida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda.  
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar fuqaro sog‘ayib chiqishdi.
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4094 nafar bemordan 3268 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 809 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 438 602 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 394 310 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 313 nafar, stasionar karantinda esa 20 979 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!