Bu yil Masjidi Nabaviyda ommaviy iftorlar o‘tkaziladimi?

Bu yil Masjidi Nabaviyda ommaviy iftorlar o‘tkaziladimi?

Bu yilgi Ramazonda Masjidi Nabaviyda sanitaniya qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda ommaviy iftorlar o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.

Bundan iftorlar ikki yil avval koronavirus pandemiyasi tufayli taqiqlab qo‘yilgan edi. O‘tgan yillarda masjid hududida og‘iz ochish uchun faqatgina suv va xurmo tarqatish mumkin bo‘ldi

Qayd etilishicha, iftorlik beradiganlar tasdiqlangan keytering kompaniyasi bilan shartnoma tuzishi zarur. Shuningdek, iftor paytida bir gilamda ko‘pi bilan besh kishining o‘tirishiga ruxsat etiladi.

Pandemiyadan avval Ramazon oyida Masjidi Nabaviyda uyushtirilgan ommaviy iftorlarda nafaqat Madina ahli, balki dunyoning turli burchaklaridan muqaddas shaharga kelgan yuz minglab ziyoratchilar qatnashar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!