Bu tuzalmas kasallikmi: yana bir hokim o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

Bu tuzalmas kasallikmi: yana bir hokim o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbada qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.A. “Ayub Baraka servis” MCHJ rahbari M.A.dan Qumqo‘rg‘on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilishini va’da qilib, 5000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘z.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!