Botir Qodirovning “qo‘li uzun” ekanini aytgan bloger sudyaga tuhmat qilganlikda ayblanmoqda

Botir Qodirovning “qo‘li uzun” ekanini aytgan bloger sudyaga tuhmat qilganlikda ayblanmoqda

Sudyalar oliy kengashi xabariga ko‘ra, xonanda Botir Qodirovning javobgarlar – Jo‘rayevlarga nisbatan “otalik faktini belgilash”ga doir sud jarayoni yakunlangach, bloger J. Hamrayev ijtimoiy tarmoq orqali chiqishida da’vogar “qo‘li uzun ekani” haqidagi gapini eslatib, go‘yoki “...uning uzun qo‘llari sudyagacha yetib borgani”ni ochiq iddao qilgan.

Bundan tashqari sudya tomonidan marhum san’atkor vafoti sanasini noto‘g‘ri aytilgani-yu sud qarorini o‘qish paytidagi biroz hayajonini “bu ne ko‘rgulik?!” deb, vaziyatni bo‘rttirishga uringani ko‘rinadi. Eng yomoni, uning iddaolari ish bo‘yicha javobgar tarafning ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallarida tarqatilayotgani natijasida sudyaning xolisligi borasida turli shubhalar ehtimolini paydo qilmoqda.

Sudyalar oliy kengashi ushbu ta’na va iddaolarga huquqiy baho berishga ehtiyoj mavjud, deb hisoblaydi hamda bu borada vakolati doirasida lozim choralar ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!