Bolakay ota-onasining yiqqan pullarini qo‘shnilariga tarqatishga harakat qildi

Bolakay ota-onasining yiqqan pullarini qo‘shnilariga tarqatishga harakat qildi

Germaniyada to‘qqiz yoshli bola ota-onasining bir necha yil davomida yiqqan pullarini qo‘shnilarga tarqatishga harakat qildi, deya xabar berdi Deutsche Welle .

Bola Bad-Filbel shahridagi uylar atrofini aylanib chiqqan va barcha eshiklarni taqillatgan. Ochilganlariga esa uyning oldidan topib olgani va endi uni qaytarmoqchiligini aytib, 50 yevrodan berib chiqqan. Ba’zi yashovchilar pulni olib, hatto bolani kichik mukofot bilan taqdirlashgan. Ammo qo‘shnilardan biri undan shubhalanib, milisiyaga murojaat qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar bolaning oldidan ichida 2,7 ming yevro miqdorida pul bo‘lgan qopni topishgan. Dastlab bola pulni qayerdan olganini aytmagan. Voqeaga bolaning ota-onasi oydinlik kiritgan. Ular o‘zlarining barcha mablag‘larini yo‘qotganligini ma’lum qilishgan - taxminan uch ming yevro.

Polisiya odamlarni boladan olingan pulni qaytarishga chaqirdi. Albatta, oila o‘z mablag‘larini qaytarishganidan baxtiyor bo‘lardi , deyiladi bayonotda. Ammo hali hech kim bu ishga qo‘l urgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!