Bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun ham pul to‘lanadimi?

Bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun ham pul to‘lanadimi?

— Ish joyimdan bir oy muddatga mehnat ta’tiliga chiqqanligim sababli farzandimni bog‘chaga jo‘natmayapman. Ushbu holatda bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lashim kerakmi?

Z.Bosimova, Sirdaryo tumani

 2016 yil 25 iyuldagi Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi.

Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Demak, Siz MTM rahbariyatiga bu haqda oldindan ariza (bildirishnoma) bilan murojaat qilishingiz zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!