BMT Xavfsizlik kengashi 8 avgust kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi 8 avgust kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik Kengashi 8 avgust, dushanba kuni G‘azo sektori atrofida keskinlikning kuchayishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazishini e’lon qildi.

Bu haqda “TASS”ga Xavfsizlik kengashidagi manba ma’lum qildi.

“BMT Xavfsizlik kengashi dushanba kuni G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig‘iladi”, — dedi manba.

Unga ko‘ra, uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya, Irlandiya va Norvegiya tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

5 avgust kuni Isroil G‘azo sektorida “Islomiy jihod”ga qarshi “Tong” operasiyasini e’lon qildi. Isroil va anklav o‘rtasidagi 80 kilometrlik chegarada favqulodda holat e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!