BMT, Qoshiqchi ishini tergov qilishga vakolatli emas

BMT, Qoshiqchi ishini tergov qilishga vakolatli emas

Bunday tekshiruv ishtirokchi davlatlarning yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti saudiyalik Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan, ammo tashkilotda bunday vakolat mavjud emas. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqd Anadolu.

Oliy komissar, BMTning qiynoqlar, so‘z erkinligi va sud hukmi bilan bog‘liq bo‘lmagan qatllarni tergov qilish bo‘yicha uch nafar ma’ruzachisi, ilgari Qoshiqchi qotilligi bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirganini eslatdi.

Bachelet, BMT bosh kotibi Antonio Guterrishga Qoshiqchi qotilligi ishi bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida ma’lumot berganini ta’kidladi.

Uning fikriga ko‘ra, bunday tergov Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar yoki Tashkilotning Xavfsizlik Kengashi tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.

"Bunday tergovni, haqiqatan nima bo‘lganini aniqlash va bu dahshatli jinoyat uchun mas’ul bo‘lganlarni javobgarlikka tortish uchun ham amalga oshirish kerak deb hisoblayman," - dedi Bachelet.

Oliy komissar, Qoshiqchi qotiligi bilan bog‘liq vaziyatni aniqlashda passiv bo‘lishda BMTni tanqid qilganlar fikriga qo‘shilmasligini ta’kidladi.

"BMT nima bo‘lganini tushunish uchun ma’lumot to‘pladi. Biz mish-mishlar asosida harakat qila olmaymiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoiy tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha huquqi yo‘q ", - deya qo‘shimcha qildi Bachelet.

Oliy Komissar shuningdek, Fransiya xukumatini va norozilarni zo‘ravonlikdan qochishga va muzokara yo‘li bilan nizoni hal qilishga chaqirdi. "Odamlar erkin so‘z va tinch namoyish o‘tkazish huquqlaridan erkin foydalanishlari muhim ahamiyatga ega. Har ikki tomon ham ushbu masalani muloqot orqali hal qilishlari kerak. Fuqarolar tinch namoyishlarni o‘tkazishga haqli ", - deydi Bachelet.

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi binosida 2 oktyabr kuni Washington Post bilan faol hamkorlik qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan edi.

Tergov natijalariga ko‘ra, Turkiya Bosh prokuraturasi jurnalist rejali qotillik qurboni bo‘lgan degan xulosaga keldi. Qoshiqchi elchixona binosiga kirishi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan edi.

Qotillikdan keyin, Qoshiqchining jasadi parchalab tashlangan va yo‘q qilingan.

Turkiya, Qoshiqchi ishi bo‘yicha sud jarayonini Istanbulda tashkil qilish tarafdori bo‘lib, jurnalistni o‘ldirish bilan shug‘ullanganlarni ekstradisiya qilishni so‘rab Ar-Riyodga murojaat qilgan.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!