“Bir oylik xizmatga pulni to‘lab qo‘yganman. Uni qaytarib olsam bo‘ladimi?”

“Bir oylik xizmatga pulni to‘lab qo‘yganman. Uni qaytarib olsam bo‘ladimi?”

Bugun AOKA huzuridagi brifingda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig‘i Bahrom Zulfiqorov ushbu savolga javob qaytardi.

— Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘yganlar nima qilishadi? Karantin qachongacha cho‘zilishi noma’lum bo‘lsa, biz pulimizni hozir qaytarib olsak bo‘ladimi?

— Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq holat yaxshi tomonga o‘zgargandan so‘ng harbiy xizmatga chaqiruv ishlari davom ettiriladi.

Bir oylik xizmatga, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash uchun pul badalini to‘lab qo‘yganlar fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar SCHR bir oylik xizmat yig‘inini o‘tashlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq bu xizmat turi uchun to‘langan pul badallari quyidagi holatlarda:

- fuqaro harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda;

- tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda;

- safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etganda;

- maxsus hisob raqamga yanglishib yoki ortiqcha pul badallari o‘tkazilgan holatda pul badallari belgilangan tartibda qaytarib berilishi belgilangan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!