Besh marta sudlangan shaxs yana jinoiy ish ustida qo‘lga olindi

A A A
Besh marta sudlangan shaxs yana jinoiy ish ustida qo‘lga olindi

Iskandar To‘rayev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) giyohvandlik balosiga yo‘liqqanlardan. U muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramay, yana jinoyat yo‘liga kirdi.

I. To‘rayev dastlab sudlanganida unga nisbatan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, jazoni to‘liq o‘tagan. Ikkinchi marotaba esa, unga 5 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining ajrimi bilan JKning 74-moddasiga asosan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 7 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Uchinchi marotaba esa, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining
hukmiga ko‘ra, unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, Jinoyat kodeksining 72-moddasini qo‘llab, 1 yil sinov muddati belgilangan. To‘rtinchi marotaba sudlanganida esa, unga Olmazor tuman sudining hukmiga ko‘ra, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Beshinchi marotaba sudlanganida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining hukmiga ko‘ra, 3 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudining ajrimi bilan Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 2 yil 2 oy 19 kun jazosi shu muddatga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining ajrimi bilan mazkur kodeksning 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 10 oy 19 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, sudlanganlik holati tugallangan.

Bu safar ham I. To‘rayev yana jinoiy ish ustida qo‘lga olinganiga nima deysiz. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas ekan. U hayotida shuncha marotaba sudlangan, jazoni o‘tab chiqqan bo‘lishiga qaramay, bundan xulosa chiqarmadi. Shuncha jazolar, boshiga tushgan ko‘rguliklar ham unga kamlik qildi.

I. To‘rayevning egnidagi nimchasi cho‘ntagidan 1,01 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi. Olmazor tumani IIO FMB binosida milisiya xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganida uning yonidan “marixuana” giyohvandlik vositasi va bir dona “REGAPEN” dori kapsulasi topildi.

Sud-kimyoviy eskpertizasining xulosasiga ko‘ra, olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda “marixuana” deb atalishi, uning og‘irligi 1,01 grammga tengligi, dori vositasi esa, “REGAPEN” kapsulasi bo‘lib, tarkibidagi Pregabalin moddasi qonunan taqiqlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘sha kuni u Zangiota tumani Xonobod mahallasidan o‘tib ketayotgan vaqtida ariq bo‘yida o‘sib yotgan nasha o‘simligini ko‘rib qolganligini, qiziqib, chekib ko‘rish maqsadida uni yulib olganligini tan oldi.

U yonidan chiqqan buyumlarni sotishni yoki boshqa birovga berishni o‘ylamaganligi, yovvoyi nasha bilan Regapen kapsulasini o‘zining iste’moli uchun yonida olib yurganligini aytdi. Sudlanuvchi giyohvandlik vositasini birovga sotish yoki o‘tkazish maqsadi bo‘lmaganligini aytib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Sud majlisida guvohlarning ko‘rsatmalari ham tinglandi. Sudlanuvchining aybi, uning o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvidan tashqari, narsani olish, so‘roq qilish, yuzlashtirish bayonnomalari, sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasi hamda ishda to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z isbotini topdi.

Sud sudlanuvchiga nisbatan jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qaroridagi tushuntirishlariga amal qilgan holda uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini hisobga olib unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlashni lozim deb topdi. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksi 276-moddasining birinchi qismi bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sud sud-narkologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, I. To‘rayev giyohvandlik (nasha, geroin) va zaxarvandlik (pregabalin) kasalliklaridan majburiy davolanishga muhtojligi sababli, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 96-moddasini qo‘llab, majburiy davolanish chorasi tayinlandi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi jinoyat ishi misolida giyohvandlikning tuzalmas dard, insonni sog‘lom hayotidan chalg‘itib, abgor etuvchi illat ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi. Bu illat domiga tushganlarni sog‘lom turmushga qaytarish esa, barchamizning insoniy burchimizdir. Giyohvandlikka va uni targ‘ib qilishning oldini olishga qarshi profilaktik tadbirlarda keng jamoatchilikning faol ishtiroki zarur. Sababi, giyohvandlik yo‘liga kirgan kimsalar uni faqat o‘zlari iste’mol qilib qolmasdan, o‘zgalarni, ayniqsa, yoshlarni bu yo‘lga tortishga, ular orqali giyohvand vositalar bozorini rivojlantirishga harakat qiladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

"Hech qanday bayram bo‘lmaydi". Gvardiola kechagi g‘alabadan so‘ng

Хосеп Гвардиола "Челси" устидан Англия Кубоги финалида (1:0) қозонилган ғалабадан кейин фикр билдирди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.