Beruniyda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta ushlandi

Beruniyda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “B.A.” MCHJ o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishlariga avto o‘quv jarayonlariga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 800 AQSh dollari va 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!