Bayrutdagi portlashda jarohatlangan Niderlandiya elchisining rafiqasi vafot etdi

Bayrutdagi portlashda jarohatlangan Niderlandiya elchisining rafiqasi vafot etdi

Niderlandiyaning Livandagi elchisining rafiqasi Bayrutdagi portlash natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Shifokorlar 55 yoshli Xedvig Valtmans-Molyerning hayoti uchun to‘rt kun davomida kurashishdi, ammo jarohatlari juda jiddiy edi. Elchining o‘zi jabrlanmagan”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda Bayrutda 60 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Portlash oqibatida 150 dan ortiq odam halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!