Bayrutdagi portlash uch bolaning hayotiga zomin bo‘ldi, yana 30 dan ortig‘i jarohatlandi

Bayrutdagi portlash uch bolaning hayotiga zomin bo‘ldi, yana 30 dan ortig‘i jarohatlandi

YUNISEF Bayrutdagi portlashda uch bolaning nobud bo‘lgani va yana  31 bolaning kasalxonaga yotqizilishi kerakligini aytmoqda.

Bu haqda seshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifing davomida jamg‘armaning rasmiy vakili Mariksi Merkado ma’lum qildi.

"Bizda bolalar o‘limi yoki jarohat olish holatlari haqida hali yetarli ma’lumotlar mavjud emas”, - deydi u " Bugunga qadar biz kamida uchta bola vafot etganini va 31 bolaning kasalxonaga yotqizilishi kerakligini bilamiz, xolos", deb qo‘shimcha qilar ekan.

YUNISEFning hamkor tashkilotlari xabariga ko‘ra, yaradorlar orasida 1000 ga yaqin bolalar bor.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bayrut portidagi portlash 8000 ga yaqin o‘smirlar va yoshlar tahsil oladigan 20 ta kasb-hunar maktablariga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, 120 maktabga ta’sir ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!