"Barselona" yangi darvozabonni sotib olishga yaqin turibdi

"Barselona" yangi darvozabonni sotib olishga yaqin turibdi

«Barselona» klubi "Rayo Valyekano" va Shimoliy Makedoniya terma jamoasi darvozaboni Stole Dimitriyevskini transfer qilishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Ekipa.

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi allaqachon darvozabonning transferi tafsilotlarini kelishib olgan. Tez orada transfer amalga oshiriladi.

28 yoshli Dimitriyevski joriy mavsumda «Rayo Valyekano» tarkibida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan. U Shimoliy Makedoniya terma jamoasi safida 52 ta o‘yin o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!