"Barselona" so‘nggi bor YECHL yarim finalida qatnashganiga 5 yil bo‘ldi

"Barselona" so‘nggi bor YECHL yarim finalida qatnashganiga 5 yil bo‘ldi

"Barselona" ketma-ket 9 yil Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmayapti.

Bugun Xavi shogirdlari turnirning chorak finalida o‘z maydonida "PSJ"ga javob o‘yinida mag‘lub bo‘ldi (1:4, umumiy hisobda 4:6).

Kataloniyaliklar oxirgi marta 2018/19 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishgandi. O‘shanda "blaugrana" turnirning bo‘lajak g‘olibi "Liverpul"ga yutqazib qo‘ygandi (3:0, 0:4).

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 2015 yildan beri turnirda g‘alaba qozona olmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!