«Barselona» 4 futbolchisidan ayrildi

«Barselona» 4 futbolchisidan ayrildi

"Barselona"ning 4 nafar futbolchisi o‘z terma jamoalari safida jarohat olib, turli muddatlarga safdan chiqishdi.

Himoyachilar Ronald Arauxo va Jyul Kunde mos ravishda Urugvay va Fransiya terma jamoalari safida jarohatlanishgan bo‘lsa, yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Memfis Depay jarohat tufayli Niderlandiya terma jamoasi safida Polshaga qarshi bahsni oxirigacha yetkaza olishmadi.

"Barselona" navbatdagi uchrashuvni 1 oktyabr kuni safarda "Malyorka"ga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!