Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni o‘zlashtirgan “shovvozlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni o‘zlashtirgan “shovvozlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan AT “Xalq banki” Chilonzor filiali murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning xizmat ko‘rsatish qurilmalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi J.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, filialning tumandagi 18 ta bankomatlaridan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!