Bahora Arslonova qachonlardir «Eldido» guruhi xonandasi bilan o‘rtalarida sevgi bo‘lgani haqida gapirdi

Bahora Arslonova qachonlardir «Eldido» guruhi xonandasi bilan o‘rtalarida sevgi bo‘lgani haqida gapirdi

Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Bahora Arslonova san’at institutda o‘qib yurgan paytida «Eldido» guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov unga sevgi izhor qilgani, keyin esa ular do‘st bo‘lib qolgani haqida so‘zlab berdi.

«Oliygohda o‘qiyotganimda juda ko‘pchilik sevgi izhor qilgan. Boshida sevib qolishardi, gaplashganimizdan keyin ovozingiz qo‘pol ekan-a, deyishardi. Men ovozimni o‘zgartirmasdim.

"Eldido"dagi Dilniyoz boshida meni sevib qolgan, keyin esa "Keling, singlimdek bo‘la qoling", degan. Men ham xo‘p, deganman, chunki yo‘q demaysiz. U juda yaxshi inson, hozir ham bir-birimizni ko‘rsak, gaplashib ketaveramiz.

Chunki bizning davrimizda sevgi, otashin muhabbat deganlari faqat kitobiy bo‘lgan. Xat yozishgan, masalan, institutda bir-birimizni ko‘rib qolsak ham xuddi ko‘rmagandek bo‘lib o‘tib ketaverganmiz. Uyalganmiz. Akamga "Shuni sevib qoldim", aka, deb aytgunimcha necha kun uxlamaganman. Akam "Kimnidir yaxshi ko‘rib qolsang, ayt", derdilar», — deydi aktrisa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!