Ayollar uchun eng xavfsiz davlatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

Ayollar uchun eng xavfsiz davlatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

National Geographic nashri ayollar yashashi uchun eng xavfsiz va qulay davlatlar reytingi Women, Peace and Security Index (WPS Index)’ni e’lon qildi.  

Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkich inobatga olingan: ayollarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotga jalb qilingani, ularning xavfsizligi va tahqirlanish yo‘qligi kabi tushuniluvchi adolat. 

Reytingga hammasi bo‘lib 167 ta davlat kiritilgan. Unda eng yuqori o‘rinni Norvegiya egallagan. Keyingi o‘rinlarni Shveysariya, Finlyandiya, Daniya, Islandiya egallagan. Ro‘yxatning eng quyisidan Pokiston, Suriya, Afg‘oniston va Yaman joy olgan.

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 43-o‘rinni, Turkmaniston 60-o‘rinni, Qirg‘iziston 80-o‘rinni, O‘zbekiston 89-o‘rinni, Tojikiston 96-o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!