Avstriyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Avstriyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Avstriya matbuot agentligi xabar berdi.

«Hozirda boshimizdan o‘tkazayotganimiz — ikkinchi to‘lqinning boshlanishi. Kasallar soni har kuni ortmoqda», — deydi Kurs mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyada ikki hafta oldin kuniga 350 nafarga yaqin kasallikka chalinish holati qayd etilgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 850 ga yetgan. «Tez orada kuniga aniqlanayotgan yangi kasallar soni mingdan oshadi», — deydi u.

Kursning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda og‘ir epidemiologik holat, ayniqsa, Venada — kasallarning qariyb yarmi to‘g‘ri kelayotgan mamlakat poytaxtida kuzatilmoqda. Kursning ta’kidlashicha, kuz va qish barcha uchun birdek og‘ir keladi.

Kansler aholini sanitar xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirgan: ijtimoiy aloqalarni cheklash, himoya vositalarini taqish, ijtimoiy masofalanishga rioya qilish.

Eslatib o‘tamiz, Avstriyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat 25 fevral kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtdayoq kansler Sebastyan Kurs hukumat virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishini bildirgandi. May boshlariga kelib mamlakatda izolyasiya rejimi bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!