Armanistonda harbiylar bilan halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Armanistonda harbiylar bilan halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Armanistonda ikki xil harbiy qismga tegishli mashinalar to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohat oldi.

Hodisa 10 iyul, shanba kuni tunda, respublikaning Ararat viloyati Yerasx – Yerevan avtomagistralining 14-kilometrida yuz berdi. Harbiy qismlardan birining shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi boshqargan Opel Astra boshqa harbiy qismning UAZ "Patriot" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashdi. "Patriot" ag‘darilib ketdi.

Olti nafar shartnoma bo‘yicha askar turli darajadagi tan jarohatlari olishdi, ulardan biri kasalxonaga borayotganda yo‘lda vafot etdi, qolganlari kasalxonaga yotqizildi. Opel Astra haydovchisi ushlandi.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda, deb yozadi RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!