AQShning yirik telekom kompaniyasi o‘z serveri Ethernet-portida Xitoy chipini aniqladi

AQShning yirik telekom kompaniyasi o‘z serveri Ethernet-portida Xitoy chipini aniqladi

2018 yilning avgustida AQSh telekommunikasiya bozorida ishlovchi yirik kompaniya o‘z serveri Ethernet-portida Super Micro'ning ayg‘oqchi chipni aniqladi. Bloomberg agentligi chipni aniqlagan xavfsizlik bo‘yicha ekspert Yossi Epplbaumning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Epplbaumning ta’kidlashicha, Amerikaning yirik telekom kompaniyasi uning Sepio Systems firmasini o‘z qurilmasi xavfsizligini tekshirish uchun yollaganidan keyin unda  implantni aniqlagan. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ayg‘oqchi chip serverlarni tarmoqqa ulovchi Ethernet-portda topilgan.

Super Micro serverlaridan birining tekshiruvidan keyin uning ichida chip borligi aniqlangan. Epplbaumning so‘zlariga ko‘ra, bu tarmoqda ikki qurilma birdek ko‘ringan. Haqiqiy server ma’lumotlarni bir kanal orqali yo‘llagan, implant esa - boshqa kanaldan, biroq butun trafik go‘yoki bitta ishonchli serverdan o‘tgandek tasavvur hosil qilgan, shu bois xavfsizlik filtrlaridan o‘tgan. 

Ekspertning ta’kidlashicha, implant mavjudligining asosiy belgisi Ethernet-konnektorning metall tomonlari bo‘ldi, aslida esa ular plastik bo‘lishi kerak bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar atayin shunday qilgani aytilmoqda, zero mini-kompyuter hisoblangan ayg‘oqchi chipni sovutish kerak, metall esa issiqni yaxshi o‘tkazadi. 

Epplbaumning taxminiga ko‘ra, chip serverni yig‘ishda emas, Guanchjoudagi zavodda chipni ishlab chiqarish jarayonida kiritilgan.

Mutaxassis AQSh kompaniyasi nomini oshkor qilishdan bosh tortgan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!