AQShda dovul vaqtida o‘g‘rilik qilgan kishilar qo‘lga olindi

AQShda dovul vaqtida o‘g‘rilik qilgan kishilar qo‘lga olindi
AQShning Uilmington shahri polisiyasi “Florens” dovuli vaqtida o‘g‘rilik qilgan besh kishini qamoqqa olingani haqida ma’lum qildi. RIA Novosti bu haqida xabar berdi. 
 
Polisiyaning Twitter dagi sahifasida yozilishicha, “Ofiserlar dovul vaqtida Douson ko‘chasi va 50-ko‘cha kesishmasida joylashgan Dollar General do‘koniga bostirib kirib, o‘g‘rilik sodir etgan besh kishini qo‘lga olishgan. Ularga qonun doirasida qat’iy jazo tayinlanadi”.
 
Florens to‘foni Atlantika qirg‘oqlariga Juma kuni yopirildi va birdaniga o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Shamoldan ko‘riladigan xavf sezilarli darajada kamaygan bo‘lib, soatiga 75 kilometrdan oshmayapti. Biroq, hanuzgacha kuchli toshqinlar xavfi saqlanib turibdi. Chunki dovul bilan yog‘ingarchilik oqimi ham hududga yo‘nalgan.
 
Dovul sababli Shimoliy va Janubiy Karolinaning xavfli hududlaridan ko‘chirilgan 27 mingdan ko‘proq aholi hozirda vaqtinchalik boshpanalarda kun kechirmoqda. Yuz minglab kishilar elektr ta’minotidan uzilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat sababli 11 kishi halok bo‘ldi.
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!