AQSh Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin Rossiyani "jilovlab" olmoqchi

AQSh Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin Rossiyani "jilovlab" olmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin kuchlar muvozanati qanday tartibga solinishi strategiyasini ishlab chiqishga kirishdi.

Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

Qayd etilishicha, Ukrainada uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash va Rossiyani jilovlash ushbu strategiyaning bir qismi bo‘lishi kerak.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken nashrga bergan intervyusida Vashington va uning ittifoqchilari Ukraina mojarodan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi, mamlakatga hududiy barqarorlikni saqlashga yordam beradigan “adolatli va mustahkam tinchlik”ni qanday ta’minlash haqida o‘ylashlari kerakligini ta’kidladi.

Boshqacha qilib aytganda, maqolada ta’kidlanganidek, Rossiyaga yangi hujumkor harakatlar uchun "dam olish va qayta yig‘ilish"ga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!