AQSh senatorlari Trampga talab qo‘yishdi

AQSh senatorlari Trampga talab qo‘yishdi

AQSh senatorlarining bir guruhi prezident Donald Trampdan Saudiya Arabistoni bilan amalga oshirgan barcha moliyaviy amaliyotlari haqida ma’lumot berishni talab qildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, senatorlar saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq vaziyat fonida shunday hisobot taqdim etilishini so‘rashgan.

Senat a’zolari Ar-Riyod va The Trump Organization o‘rtasidagi aloqalarga qiziqib qolishgan hamda prezidentga tegishli so‘rovni yuborishgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!