AQSh Yevropa iqtisodiyotini barbod qilishda NATOdan foydalanmoqda

AQSh Yevropa iqtisodiyotini barbod qilishda NATOdan foydalanmoqda

AQSh NATOdan Yevropa iqtisodiyotini barbod qilish va Yevropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari hukumatlariga ta’sir o‘tkazishni mustahkamlash uchun tuzoq sifatida foydalanmoqda. Bu haqda Xitoyning “Global Times” gazetasi ekspertlar fikriga tayangan holda yozmoqda.

Maqolada Xitoy tashqi ishlar universtiyeti xalqaro munosabatlar instituti professori Li Xaydunning fikri keltirilgan. Uning fikriga ko‘ra, AQSh ayrim Yevropa mamlakatlarini Rossiyaga qarshi strategiyadan foydalanishga majburlamoqda, buning oqibatida YEI Amerika va NATOga yanada tobe bo‘lib qolishi va o‘zini mustaqil idora qilishdan mahrum bo‘lishi mumkin.

“Qo‘shma Shtatlar alyansga a’zo mamlakatlarga bosim o‘tkazib, yovuz niyatlarni ko‘ngligiga tugib qo‘ygan”, - deyiladi maqolada.

Xususan, gap mudofaa byudjeti xarajatini oshirish talabi haqida ketmoqda. Ammo YEIdagi hozirgi inflasiya va energetika inqirozini inobatga olib, harbiy xarajatlarni oshirish jamiyatda norozilik to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin.

“Pirovardida AQShning YEI mamlakatlari rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishi osonroq bo‘ladi”, - deya xulosa qilgan nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!