AQSh dengiz kuchlarining ikkita harbiy kemasida koronavirus aniqlandi

AQSh dengiz kuchlarining ikkita harbiy kemasida koronavirus aniqlandi

Yaqin sharqda joylashgan AQShning USS San Diego (LPD) desant vertolyoti va USS Philippine Sea (SG-58) raketa kreyseri ekipaj a’zolari orasida koronavirusga chalinish holati aniqlandi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Har bir kemadagi o‘ndan ortiq dengizchi va dengiz piyoda askarida virus aniqlandi. Ular izolyasiya qilindi. Shifokorlar kasallik tarqalish manbasini aniqlashga, shuningdek, virus yuqtirganlar kimlar bilan aloqa qilganini aniqlashga harakat qilyapti.

USS San Diego desantlik kemasida, taxminan, 600 nafar dengizchi bor. USS Philippine Sea kreyseri jamoasi esa 360 kishidan iborat. Ularning barchasi hozir virusga test topshiryapti.

Ikkala kema ham shoshilinch tarzda Bahrayn bazasiga to‘xtadi. Kema xodimlari qirg‘oqqa chiqarilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!