AQSh Belarus xalqini tanladi, Lukashenkoni emas

AQSh Belarus xalqini tanladi, Lukashenkoni emas

Amerika Qo‘shma Shtatlari Belarusdagi saylovlar adolatli bo‘lmagan deb hisoblaydi, Vashington va Varshava Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda shanba kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.

"Saylovlar erkin va adolatli bo‘lmadi... Bugun biz umumiy maqsadni — Belarus xalqining suvereniteti va erkinlikka erishish istagini qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildik. Xalq tanlash huquqini himoya qilishga intilmoqda", — dedi Pompeo Polsha tashqi ishlar vaziri Yasek Chaputovich bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

Belarus Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 9 dan 13 avgustgacha bo‘lgan tartibsizliklar natijasida 121 polisiya xodimi tan jarohati olgan va tergov organlari 90 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Namoyishning 6,7 mingdan ortiq ishtirokchilari hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!