Anqaraning Suriyadagi kurashi kelajakda butunlay boshqacha bo‘ladi-Erdo‘g‘an

Anqaraning Suriyadagi kurashi kelajakda butunlay boshqacha bo‘ladi-Erdo‘g‘an

Anqaraning Suriyadagi kurashi kelajakda butunlay boshqacha bo‘ladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Suriyada AQSh boshchiligidagi koalisiya kuchlarining yordami tufayli Kurdiston Ishchilar partiyasi va “O‘z-o‘zini himoya qiluvchi xalq kuchlari” kuchaymoqda. Biz ma’lum vaqtgacha chidadik, oxirgi marta bizning ikki polisiya xodimimiz qurbon bo‘ldi. Kelgusi davrda ularga qarshi kurashimiz butunlay boshqacha tarzda davom etadi. Biz AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan terror tashkilotlari bilan ham, (Suriya Prezidenti Bashar Asad) rejim kuchlari bilan ham kurashamiz. Bu masalada qat’iymiz”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidenti Respublikaning Suriyadagi kurashi qanday o‘zgarishi mumkinligini aniq aytmagan. Biroq, so‘nggi paytlarda Anqarada Suriya shimolida kurd tuzilmalarining “mavjudligini tugatishga” tayyorlik haqidagi bayonotlar tez-tez uchray boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!