Angela Merkel 2 yildan so‘ng siyosatni tark etadi

Angela Merkel 2 yildan so‘ng siyosatni tark etadi

Germaniya kansleri Angela Merkel 2021 yil Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik muddati tugagach, boshqa siyosiy lavozimlarni egallash niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Buni u 16 may kuni Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan bo‘lgan matbuot konferensiyasida e’lon qildi, deya yozadi Korrespondent.net .

Men hozirgi faoliyatim tugagach, hech qanday siyosiy lavozimni egallamoqchi emasman , deydi Merkel. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil oxirida e’lon qilingan rejalar dolzarbdir.

2018 yil oxirida Xristian Merkel Xristian-demokratik ittifoq raisi lavozimidan iste’foga chiqqan, ammo kansler lavozimida qolgan. U 2021 yilga qadar to‘rtinchi muddatni yakunlashni rejalashtirayotganini va keyinchalik siyosatdan ketishini aytgan.

Merkelning Yevropa Ittifoqi tizimida o‘z pozisiyasini egallashi haqidagi taxminlar 16 may kuni Suddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusidan so‘ng boshlandi. Kansler intervyuda Yevropaning taqdiri uchun o‘zini yana ham ko‘proq mas’ul his qilayotganini ta’kidladi.

Kuzatuvchilar ushbu so‘zlarni uning siyosiy mavqeidagi o‘zgarish va Bryusselga tezkorlik bilan ko‘chib o‘tishga ishora deb talqin qildi.

Men Germaniya kansleri sifatida Yevropaning taqdiri haqida qayg‘urishga haqliman , dedi u Ryutte bilan matbuot anjumanida.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!