Andijonlik erkak 19 000 AQSh dollariga chuv tushdi

Andijonlik erkak 19 000 AQSh dollariga chuv tushdi

Shu yilning oktyabr oyida fuqaro H.N. Andijon shahar Bobur shox ko‘chasida S.F. ismli fuqaroga Spark va Lasetti rusumli avtomashinalar olib berishni aytib, undan 19 000 AQSh dollarini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, u bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida H.N. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!