Andijonda “zaharli” dorilar fosh etildi

Andijonda “zaharli” dorilar fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonun buzilishi holati o‘z vaqtida aniqlandi.

Qo‘shni mamlakat hududidan postning kirish piyoda yo‘lagi orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro D.M.ning harakatlariga nisbatan bojxona xodimlarida shubha uyg‘onganligi sababli belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu shaxs bojxona nazoratidan yashirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 6 dona Tramadol va Lirika kabi tarkibida narkotik moddalarini saqlaydigan dorilarni yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirayotgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

21 million so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mamlakatimiz sarhadlariga pirotexnika vositalarini noqonuniy kirib kelishi va aylanishining oldini olish borasida muayyan va maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Shahrixon tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida F.O boshqaruvidagi Nexia 2 rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salon qismida, boshqa bir fuqaro M.A.ga tegishli bo‘lgan qiymati 20 million 580 ming so‘mlik 17 ming 160 dona hamda 560 ming so‘mlik 8 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanma savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro N.D. oq sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, och yashil rangli nasha giyohvand moddasiga o‘xshash moddani Oltinko‘l tumanida sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng surishtiruv jarayonida fuqaro N.D. siniq asfalt bo‘lagi orasiga yashirilgan nasha giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddani ham taqdim qildi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.D. mazkur mahsulot tarqatuvchisi fuqaro N.A.ga boshlab bordi. Fuqaro N.A Oltinko‘l tumanidagi qarovsiz holatdagi bino ichida marixuana giyohvand moddasiga o‘xshash moddani yashirayotgan paytida qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng fuqaro N.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadonning orqa tomondagi omborxonasida 399,12 gramm hamda og‘ilxonadagi samovarga yashirib qo‘yilgan, 155,14 gramm Gashish giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida jami 490,66 gramm marixuana hamda 155,14 gramm gashish giyohvand moddasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!