Andijonda yarim milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Andijonda yarim milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Davlatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida bojxona sohasida qator imtiyoz va qulayliklar yaratib berilmoqda.

Aytish lozimki, mamlakatimizda insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli islohatlar o‘tkazilayotgan bir vaqtda ayrim “uddaburon tadbirkorlar" davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarini belgilangan tartibda tushirish o‘rniga, turli  qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirishni o‘ziga kasb qilib, davlat xizmatchilarini aldashga urinishadi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Hususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi xodimlari Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonun buzilish holatlarini fosh etishdi.

Jumladan, Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi MCHJ nomiga Xitoy davlatidan yuborilgan tovar moddiy boyliklar bojxona xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yuk-kuzatuv xujjatlarida aks ettirilmagan, umumiy qiymati 465 mln so‘mlik kanselyariya tovarlari hamda sanoat mollari mavjud ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!