Andijonda svetofor o‘rnatilgan to‘singa chiqib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Andijonda svetofor o‘rnatilgan to‘singa chiqib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda svetor o‘rnatilgan temir to‘singa chiqib olib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgani haqidagi videoxabar tarqaldi. Ushbu holat 2020 yil 6 iyun kuni Andijon viloyat ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi  O.Rasuljonov karantin davom etayotgan paytda, 6 iyun kuni soat 10.00 larda mast holda jamoat joyi hisoblangan Andijon shahar, A.Temur va Bobur shox ko‘chalarida joylashgan chorrahaga o‘rnatilgan svetoforning temir ustuniga chiqib olib, viloyat hokimini chaqirib berishlarini talab qilgan. Shuningdek, uyatli so‘zlar bilan o‘z joniga qasd qilishini bildirib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organi xodimlarini huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Fuqaro Andijon shahar, Sanoat MFY, Temir yo‘l ko‘chasi, 37-manzilda joylashgan yashash xonadonining 15 kun avval hokimlik vakillari kelib buzilishi haqida aytganidan so‘ng shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. Huqubuzar IIB, Milliy gvardiya va FVV xodimlari yordami bilan setkaga sakrab tushgan va jiddiy jarohat olmagan. Tekshiruv chog‘ida uning spirtli ichimlik ichgani ma’lum bo‘ldi.

O.Rasuljonovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 446.000 so‘m jarima jazosi, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 223.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!