Andijon GES to‘g‘onidan Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi

Andijon GES to‘g‘onidan Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi

28 oktyabr kuni ertalab Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Baynalminal mahallasi orqali oqib o‘tadigan Janubiy Farg‘ona kanalining 1-gidroyelektrostansiyasi to‘g‘oni yaqinida erkak kishining jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining "Postda" gazetasi xabar berdi.

Tergov davomida marhum Qirg‘iziston fuqarosi Azamat Satibaldiyev ekanligi aniqlandi. Tanada biron bir ko‘zga ko‘rinadigan shikastlanish topilmadi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, erkak "yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan yopilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya" natijasida o‘lgan.

"Hozirda tergov davom etmoqda", – deyiladi nashrda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!