Anchelotti YECHL yarim finaliga chiqish borasida Gvardiola bilan tenglashdi

Anchelotti YECHL yarim finaliga chiqish borasida Gvardiola bilan tenglashdi

Karlo Anchelotti jamoasini 10-marta Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi.

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3) va Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan turnirlari soni bo‘yicha Pep Gvardiola bilan tenglashdi. Har ikki murabbiy o‘z jamoalarini 10 martadan bu bosqichga olib chiqqan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Shuningdek, Joze Mourinyo jamoasini 8 marta, Ser Aleks Fergyuson esa 7 marta Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!