Ana xolos! Trampning g‘alabasi dunyo iqlimi uchun jiddiy zarar bo‘lishi mumkin

Ana xolos! Trampning g‘alabasi dunyo iqlimi uchun jiddiy zarar bo‘lishi mumkin

Ekspertlar Donald Trampni qayta saylash global isishning oldini olishni imkonsiz qilib qo‘yishidan xavotirda. Ularning fikricha, Tramp yoqilg‘ini tabiatga zarar yetkazadi deb hisoblamaydi va uni istalgancha sarflashga imkon beradi. Shu sabab Tramp Parijdagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasidagi bitimga ham qo‘shilmagan.

Trampning g‘alabasi Amerikaning Parij bitimidan chiqishi bilan bir qatorda, yoqilg‘i ishlab chiqarishni jadallashtirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa dunyo iqlimi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

«Tramp iqlimga oid qoidalarning barchasini foydasiz deb hisoblaydi», deydi Kolumbiya universiteti professori Maykl Jerrard.

Tanqidchilarning aytishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoidalarga amal qilishni orqaga surish hukumat e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.

«Tramp ma’muriyati ilmni inkor etish va olimlarni obro‘sizlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi», deydi AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi sobiq rahbari Jina Makkarti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!