Ana xolos! Fuqarolar sog‘ligini avaylash uchun internet narxi ikki baravar qimmatlashdi

Ana xolos! Fuqarolar sog‘ligini avaylash uchun internet narxi ikki baravar qimmatlashdi

Tojikiston hukumati internet va mobil aloqa narxini ikki baravar oshirdi. Mamlakat aloqa xizmati raisi Ilhom Atoyevning ta’kidlashicha, hukumat fuqarolarning sog‘ligini o‘ylab shunday qarorga kelgan. Bu haqda xabar.uz xabar tarqatdi.

Internet narhi oshgandan so‘ng odamlar undan aql bilan foydalana boshlaydilar. Kamroq o‘yin o‘ynashadi va ko‘zni ehtiyot qilib, sog‘likni o‘ylaydilar. Yoshlarga e’tibor bering, ular boshini eggancha, har doim internetda o‘tirishadi , deydi Atoyev.

Shu bilan birga mutasaddi internet narhi oshgandan so‘ng odamlar ko‘proq kitob o‘qib, bir-biri bilan muloqot qilishiga umid bildirgan.

Tojikistonda mobil aloqa va internet uchun yangi tarif kecha, 18 apreldan amalga kirgan. Narxlar deyarli ikki baravar oshgan. Agar ilgari bir gigabayt uchun tojikistonliklar 30-35 somoni (3,5 dollar) to‘lagan bo‘lsa, hozir 63 somoniga (6,7 dollar) ko‘tarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!