Ana bo‘lmasam! Xavfsiz oraliq masofani saqlashga yordam beruvchi poyabzal yaratildi

Ana bo‘lmasam! Xavfsiz oraliq masofani saqlashga yordam beruvchi poyabzal yaratildi

Insonlar butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya va u keltirgan oqibatlarga imkon qadar moslashishga harakat qilishmoqda. Shu xususda ruminiyalik 55 yoshli etikchi Grigor Lup pandemiya sabab o‘rnatilgan xavfsiz oraliq masofani saqlashga yordam beruvchi foydali poyabzal ixtiro qildi, deydi “xabardor.uz”.

Poyabzalning uchi kerakli o‘lchamda uzaygan bo‘lib, to‘liq charmdan tikilgan. Oyoq kiyimning o‘lchami yevropacha shkala bo‘yicha 75ga teng.

“Men jamoat joylarida odamlar to‘planib, xavfsiz masofaga rioya qilishmayotganiga e’tibor berdim. Shundagina shunday poyabzal yaratish kerakki, u qat’iy choralarga amal qilmayotganlarni jazolasin yoki ularga amal qilishga majbur qilsin”, deydi etikchining o‘zi.

Lupning bu poyabzalini ikki kishi kiyib olsa, ular orasidagi masofa bir yarim metrga teng bo‘ladi. Ayni vaqtda etikchi narxi 115 dollardan bo‘lgan bir necha shunday poyabzallarga buyurtma olib ulgurgan. Ularni tikib tayyorlash uchun Lupga 16 kun kerak bo‘ladi.

Lup o‘zining ilk shaxsiy do‘konini 2001-yilda ochgan va hozirda tayyor poyabzallarni sotish va shaxsiy buyurtmalar olish bilan shug‘ullanadi. Etikchi, shuningdek, dunyo teatrlari uchun sahna poyabzallarini tikish bilan ham shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!