Amerikalik olimlar kayfiyatni yaxshilashning qaysi usullari eng samarali ekanligini aniqlashdi

Amerikalik olimlar kayfiyatni yaxshilashning qaysi usullari eng samarali ekanligini aniqlashdi

Amerikalik olimlar kayfiyatni yaxshilashning qaysi usullari eng samarali ekanligini aniqlashdi.

Bu usullar turli kognitiv texnikalar va meditasiya usullarini o‘z ichiga oladi. Ogayo universiteti olimlari tajriba o‘tkazishga va bu usullardan qaysi biri eng yaxshi ekanligini aniqlashga qaror qilishdi. Tajribada 616 nafar talaba ishtirok etdi. Ularga ikkita yondashuv haqida so‘zlab berildi: kognitiv texnika va ong meditasiyasi. Birinchi yondashuv salbiy fikrlar va e’tiqodlarni aniqlash va qayta baholashni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘z fikrlari va his-tuyg‘ularini o‘zgartirishga harakat qilmasdan bilish va qabul qilishga asoslangan.

Har bir ishtirokchidan do‘stlari ularni ziyofatga taklif qilmaganligini tasavvur qilishlari so‘ralgan. Shundan so‘ng, ularga yondashuvlarning qaysi biri yaxshiroq ekanligi aytildi. Keyin ularga yaqinlaridan kimdir o‘layotganini tasavvur qilish topshirildi. Bundan tashqari, ular Prokofevning «Aleksandr Nevskiy» kantatasini tinglashdi. Ta’kidlanishicha, tajriba ishtirokchilarining kayfiyati yomonlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kayfiyatning yaxshilanish tezligi qaysi usuldan foydalanilganiga bog‘liq emas. Kayfiyatingizni yaxshilashning eng yaxshi usuli - bu qandaydir texnika haqiqatan ham siz uchun ishlayotganiga va yordam berishiga ishonch hosil qilishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!