Amerikalik harbiylar Suriyada oddiy fuqaroni o‘g‘irlashdi

Amerikalik harbiylar Suriyada oddiy fuqaroni o‘g‘irlashdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya harbiy xizmatchilari Arab-Kurd qurolli qo‘shinlari ko‘magida Suriyaning Dayr-az-Zor provinsiyasi Shahil qishlog‘ida uyushtirilgan maxsus operasiya natijasida mahalliy aholi vakillaridan birini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Suriya davlat teleradio eshittirish kompaniyasi guvohlarga tayanib xabar bergan.

Lavhada tasvirlanishicha, kecha ertalab koalisiya tarkibidagi bir guruh harbiylar vertolyotlardan Shahil qishlog‘i chetiga qo‘nishdi. Shu bilan bir vaqtda SDK jangchilari aholi punktini qurshab olishdi.

Harbiylar guruhi xonadonlardan birida yashovchi kishini qo‘lga olib, noma’lum tomonga olib ketishdi.

Voqeaga guvoh bo‘lganlarning e’tiroficha, mahalliy aholi tong chog‘i avtomatdan otilgan o‘qlar ovozidan uyg‘onib ketgan. Hodisadan kishilar qattiq sarosimaga tushgan.

Operasiya sabablari va o‘g‘irlangan fuqaro to‘g‘risida hozircha hech qanday ma’lumlot berilmadi.

Xabarlarga qaraganda, AQSh harbiy bo‘linmalarining Al-Hasaki va Dayr-az-Zor provinsiyalari hududiga kirishlari va turli harakatlarni amalga oshirishlari qonuniy asosga ega emas. Ma’lum bo‘lishicha, ular yirik neft va gaz konlari atrofida o‘z kuchlarini muvofiqlashtirib, in qurib olishgan.

Suriya hukumati o‘z navbatida mamlakatda Amerika kontingentining joylashib olgani davlat suvereniteti talablariga ham, xalqaro huquq me’yorlariga ham xilof ekani to‘g‘risida bir necha bor bayonot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!