AI-80 markali benzining birjadagi narxi 6,3%ga pasaydi

AI-80 markali benzining birjadagi narxi 6,3%ga pasaydi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 474,4 ming so‘mni tashkil qildi. Bu avvalgi kunga, ya’ni 7 yanvarga nisbatan 6,3% ga kamdir.

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri tahminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.

Zapravkalarda benzin narxi ertadan arzonlashi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!