Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratiladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar ajratiladi

Hukumat qarori bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot portali xabar qildi.

Subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

🔹engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (8 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorida;

🔹sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorida;

🔹urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha) miqdorida;

🔹ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!