Aholi internet tezligi pasayib ketganidan norozi

Aholi internet tezligi pasayib ketganidan norozi
Tojikiston aholisi birdaniga internet tezligi pasayib ketganidan shikoyat qilmoqda.
Shuningdek, mamlakatda ikki haftadan beri mashhur nodavlat resurslari: ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, Google, YouTube servislari va boshqa o‘nlab veb-saytlar bloklanganicha qolmoqda.
Tojikiston aholisi turli veb-saytlar va internet-resurslarning muntazam ravishda cheklanishiga o‘rganib qolishdi. Vaqtinchalik bloklashlar deyarli har oyda yuz berib turadi. Mamlakatda yarim yildan beri ayrim veb-saytlar asosan mustaqil axborot portallariga kirib bo‘lmayapti. Tojikistonliklar bloklashlarni ijtimoiy dasturlar yordami bilan aylanib o‘tishga harakat qilishadi. Biroq, tezlik pastligi tufayli VPN-servislari ham uzilishlar bilan ishlamoqda.
Aloqa xizmati xodimlari intervyu berishni istamayapti, ammo odamlarning bloklashni VPN-servislari orqali aylanib o‘tishlari ulanishlarning yomonlashuviga sabab bo‘layotganini aytishmoqda. Muassasaning ta’kidlashicha, resurslar hukumat tomonidan bloklanmayapti bu muntazam ravishda mamlakatdagi trafikni nazorat qiladigan yagona uzel bo‘lmish Davlat Yagona kommutasion markaziga xakerlik hujumlarining oqibatidir.
Ekspertlarning fikricha, veb-saytlarni hukumatning o‘zi bloklamoqda. Mutaxassislar Kommutasion markaz tuzilguniga qadar uning zaifligini aytishgan edi.
Kuni kecha YEHXTning OAV masalasi bo‘yicha vakili Arlem Dezir tashkilotning rasmiy saytida hukumatga murojaat qilib, fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar, messenjer va axborot portallariga cheklanmagan darajada kirishlarini ta’minlashga chaqirgan edi. Fikrlar erkinligi va axborot erkinligini erkin internetsiz ta’minlab bo‘lmaydi, deyiladi murojaatda.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!