Agar ko‘cha-kuydagi bankomatlar ishlamay qolsa, nima qilish kerak?

Agar ko‘cha-kuydagi bankomatlar ishlamay qolsa, nima qilish kerak?

Elektr energiyasi o‘chganida, tabiiyki, to‘lov terminallari ham ishlamaydi. Kartada pul saqlashga ko‘nikib qolgan hamyurtlarimiz darhol bankomatlardan pul yechishga oshiqishadi.

Banklarimiz doimiy rejimda ishlashda davom etishmoqda. Masalan, Infinbankning xabar berishicha, barcha filiallar uzluksiz ishlab turibdi. Joylardagi bankomatlarda muammo chiqib qolish ehtimoli juda yuqori, negaki ular uzluksiz ta’minot manbai (UPS) moslamalaridan faqatgina 2 soat ishlashlari mumkin. Bunday vaziyatlarda bank bo‘linmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi: u yerdagi bankomat va kassalar faoliyatida uzulishlar bo‘lmaydi.

Masofaviy bank xizmatlari bilan bog‘liq muammolar kuzatilganda ham bevosita bank filiallariga murojaat etishni tavsiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!