Afsus! Dunyo bo‘ylab har 15 soniyada bir inson koronavirus sabab vafot etmoqda

Afsus! Dunyo bo‘ylab har 15 soniyada bir inson koronavirus sabab vafot etmoqda

Dunyo miqyosida har 24 soatda o‘rtacha 5,900 kishi COVID-19dan vafot etadi, bu soatiga 247 kishiga yoki har 15 soniyada bitta odamga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

5-avgust, chorshanba holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 700 mingdan oshgan, vafot etganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSH, so‘ng Braziliya, Hindiston va Meksika turibdi.

Umuman olganda, dunyoda ayni paytda koronavirus kasalligi bilan kasallangan 18,6 million bemor bor. Yuqtirishlarning ko‘pi AQSH, Braziliya, Hindiston, Rossiya va Janubiy Afrikada qayd etilgan.

Pandemiya davri davomida dunyoda 703,381 bemor vafot etgan, 11.909 511 kishi tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!