Afrikaning g‘arbida bir yilda 700 ta terakt va ikki mingta o‘lim qayd etildi

Afrikaning g‘arbida bir yilda 700 ta terakt va ikki mingta o‘lim qayd etildi

O‘tgan 2020 yilda G‘arbiy Afrika mamlakatlarida yuz bergan 700 ta terakt oqibatida kamida minglab kishi halok bo‘lgan.

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ma’lumotni G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) komissiyasi raisi Jan-Klod Kassi Bru bergan. U hamjamiyatga a’zo davlatlarda xavfsizlik masalasi hamon jiddiy xavotirga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

“ECOWASga a’zo 15 mamlakatning sa’y-harakatlariga qaramay, 2020 yilda 700 ta terrorchilik akti sodir bo‘ldi. Bularning natijasida harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillaridan ikki ming kishi halok bo‘ldi”, – dedi Jan-Klod Kassi Bru.

Uning aytishicha, teraktlar asosan Burkina-Faso, Mali, Niger va Nigeriyada kuzatilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!